Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur modeler Yevropadagi eng qimmatbaho villani sotuvga qo‘ydi
Mashhur kutyure Per Karden Fransiyaning Lojuvard sohilidagi antiqa villasini sotuvga qo‘ydi. Villaning narxi ma'lum qilinmagan, biroq gap 305 mln funt sterling (362 mln yevro) haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.
The Sun nashrining yozishicha, Palais Bulles (Pufaklar saroyi) deb nomlanuvchi villani sotish bilan Christies International Real Estate kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
Villa antiqa arxitekturaga egaligi evaziga shunday atalgan. Undagi inshootlar o‘tkir burchaklarga ega bo‘lmay, shakliga ko‘ra pufaklarni eslatadi. Villa 1975-1989 yillar davomida vengriyalik arxitektor Antti Lovaga loyihasi bilan qurilgan, Karden esa uni uyning sobiq egasi vafotidan keyin 1990-yillar boshida auksionda sotib olgan.
Villaning bosh binosi maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil qiladi. Unda 10 ta yotoqxona va 11 ta sanuzel mavjud. Villa hududida 3 ta basseyn, bog‘lar, okeanga qaragan 500 kishilik amfiteatr bor.
Ta'kidlash joiz, modeler ushbu villani 2015 yilda 300 mln funt sterlingga sotishga uringan. Biroq o‘shanda villaga xaridor chiqmagan.
Mavzuga oid
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
10:00 / 06.07.2026
Kuchli issiq Yevropada o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirdi
08:15 / 02.07.2026
Sun’iy yo‘ldosh Yevropadagi rekord issiqni koinotdan tasvirga oldi
17:18 / 28.06.2026