Soliq hisoboti shakllari tasdiqlandi
Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan soliq hisoboti shakllari tasdiqlandi
Hujjat Soliq kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi, «Davlat boji to‘g‘risida»gi va «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.
Soliq hisoboti shakllariga hujjatga tegishli ilovalarda keltirilgan quyidagi hisobot turlari kiritilgan:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha;
aksiz solig‘i bo‘yicha;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha;
yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha;
olingan maqsadli mablag‘lardan foydalanganlik bo‘yicha;
davlat boji va yig‘imlar bo‘yicha;
tijoratbop topilma bonusi bo‘yicha.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil uchun hisobot 2019 yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida, biroq yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
Hujjat 24.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:50 / 16.08.2022
Tadbirkorlik sub’yektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshib, avvalgi yilga nisbatan 127,8 foizga o‘sdi
12:36 / 01.07.2022
Bekor bo‘layotgan imtiyozlar, yangi subsidiyalar – 1 iyuldan soliq ma’murchiligida nimalar o‘zgardi?
15:30 / 30.06.2022
Sherzod Qudbiyev yosh soliqchilar bilan uchrashuvda DSQda ishlash istagini bildirgan qizni ishga oldi
17:39 / 07.05.2022