O‘zbekiston | 08:15 / 29.02.2020
4059
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona – Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi 

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Farg‘ona vodiysidan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida transport vazirligi tomonidan Farg‘ona - Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovlar joriy yilning 4 mart sanasidan boshlanadi. Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi. 

Qatnov “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00da boshlanadi. Chiptalarni "Farg‘ona shahar atrofi" avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallaridan xarid qilish mumkin.

Mazkur yo‘nalishda Uzautotrans Service va "Tulpar-Baykonir" korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid