Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada 2020 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi
Yevropaning eng yaxshi yil avtomobili tanlovi Car of the Year 2020 g‘olibi ma'lum bo‘ldi. Tanlovga ko‘ra, Peugeot 208 bu nomga sazovor bo‘ldi.
G‘olibni 23 ta davlatdan bo‘lgan 60 mutaxassisdan iborat xalqaro hakamlar hay'ati aniqlagan.
Peugeot 208 tanlovda o‘zining asosiy raqobatchilari: BMW 1-Series, Ford Puma, Porsche Taycan, Renault Clio, Tesla Model 3 va Toyota Corolla modellarini ortda qoldira oldi.
Peugeot 208 birinchi marta 2012 yil Jyenevadagi avtosalonda taqdim etilgan.
Peugeot uchun ushbu g‘alaba tanlovdagi oltinchisi bo‘ldi. Marka tanlovda bungacha oxirgi marta 2017 yilda Peugeot 3008 krossoveri bilan g‘olib bo‘lgan.
Umuman olganda, ushbu tanlovda eng ko‘p Fiat g‘olib bo‘lgan – 9 marta.
Yevropaning yil avtomobili 1964 yildan beri aniqlanib kelinadi. Ushbu mukofot avtomobillar sohasini yorituvchi professional jurnalistlar guruhi tomonidan topshiriladi.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
19:22 / 14.06.2026