Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple smartfonlar egalariga 500 mln dollar tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi
Apple kompaniyasi unga qarshi sudga jamoaviy shikoyat qilganlarga 500 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bunga esa kompaniyaning eski modeldagi smartfonlarida operatsion tizim yangilangandan keyin ularning ishlashi sekinlashgani sabab bo‘lgan.
Kompaniyaga qarshi da'vo arizasini iPhone 6, 6s, 7, iOS 10.2.1 operatsion tizimiga ega SE modellari hamda iOS 11.2 yoki undan keyingi versiyadagi operatsion tizimda ishlagan iPhone 7 va 7 Plus smartfonlari egalari berganlar.
Iste'molchilarning ta'kidlashicha, ularning smartfonlari dasturiy ta'minot yangilangandan keyin sekinroq ishlashni boshlagan.
Kompaniya jabrlanuvchi tomonga tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan bo‘lsa-da, uning vakillari eski ayfonlar haroratlar o‘zgarishi, yuqori yuklama va boshqa sabablarga ko‘ra yomonroq ishlay boshlagan bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangilanuvchi operatsion tizimlardagi kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Apple shikoyatchilarga to‘laydigan umumiy pul miqdori 310 mln dollardan kam hamda 500 mln dollardan ko‘p bo‘lmaydi. Kompaniya har bir shikoyatchiga 25 dollardan kompensatsiya to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
18:02 / 08.05.2026