22:50 / 05.03.2020
0
10470

«Jahon yil avtomobili» tanlovining finalchilari ma'lum bo‘ldi 

“Jahon yil avtomobili” (World Car of the Year) tanlovi tashkilotchilari tanlovning asosiy va qo‘shimcha yo‘nalishlari bo‘yicha finalga chiqqan modellarni ma'lum qilishdi. Finalchi avtomobillar turli davlatlardan bo‘lgan va avtomobillar olamini yorituvchi 86 nafar jurnalist orasida ovoz berish natijalariga ko‘ra tanlab olingan.

Foto: Worl Car Awards

Joriy yilda asosiy yo‘nalishda g‘oliblik uchun Kia Telluride, Mazda3 va Mazda CX-30 modellari da'vogarlik qiladi. Bundan tashqari, “Shahar avtomobili”, “Hashamatli avtomobil”, “Sport avtomobili” va “Eng yaxshi dizayn” yo‘nalishlarida ham g‘oliblar aniqlanadi. Avval eng ekologik avtomobil uchun berilgan mukofot tugatilgan.

Jumladan, eng yaxshi shahar avtomobili nomi uchun Kia Soul EV va Mini elektrokarlari hamda Volkswagen T-Cross krossoveri kurashadi. “Hashamatli avtomobil” yo‘nalishida g‘oliblik uchun Mercedes-Benz EQC elektrokrossoveri, Porsche 911 sportkari va Porsche Taycan elektromobili sinashadi. Eng yaxshi sportkar nomi uchun Porsche: 911, Taycan va 718 Boxster GT4/Cayman GT4 da'vogarlik qiladi. 

Va nihoyat, eng yaxshi dizayn yo‘nalishidagi mukofot Peugeot 208, Mazda3 yoki Porsche Taycan modellaridan biriga nasib qiladi. 

Shu tariqa Porsshe’ning ilk elektromobili Porsche Taycan uch nominatsiyada, jumladan asosiy yo‘nalishda g‘alabaga da'vogarlik qilmoqda. G‘oliblar aprelda ma'lum qilinadi. 

2019 yilda tanlovda Jaguar I-Pace elektrokari g‘alaba qozongan.

Avvalroq Yevropadagi yil avtomobili ma'lum qilingandi. Bu nomga Peugeot 208 xetchbegi sazovor bo‘ldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top