Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EF Education First O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga 60 mln dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Shvetsiyaning EF Education First kompaniyasi O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga $60 mln. yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va EF Education First kompaniyasi direktori Karl-Yoxann Vestring anglashuv memorandumini imzoladi.
EF Education First kompaniyasi ingliz tilini o‘qitishga qaratilgan turli o‘quv dastur, metodika va pedagogik yondashuvlarni taklif etuvchi dunyodagi yirik tashkilotlardan biridir.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirilmoqda.
Jumladan, tomonlar mamlakatimizda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchi o‘quvchi hamda o‘qituvchilar bilimini baholab, malaka va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etishda hamkorlik qiladi.
Shu bilan birga, tomonlar o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha bilimini baholash va ularga turli o‘quv dasturlarini taqdim etishni ham rejalashtirgan.
Memorandum doirasida tomonlar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi uchun turli qo‘shma dasturlar ishlab chiqish niyatida.
Imzolangan hujjatda EF Education First kompaniyasi O‘zbekiston maktablarida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish uchun $60 mln. investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:34 / 17.04.2026
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
07:37 / 18.03.2026
URL tili: internetning yashirin lingvistik xaritasi
10:34 / 13.12.2025
O‘zbekistonda IELTS'dan yuqori ball olganlar soni sezilarli ortdi
20:14 / 17.10.2025