Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Makkada koronavirus tufayli ziyoratchilarning Ka'ba atrofidagi maydonga o‘tishi vaqtincha cheklandi
Dushanba kuni Saudiya Arabistonida koronavirusning dastlabki holati qayd etilgan edi. Payshanbaga kelib, mamlakatda koronavirus yuqtirib olgani aniqlanganlar soni 5 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Saudi Gazette.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining ma'lum qilishicha, kasallikka chalinganlarning beshalasi ham Eronda bo‘lib kelgan. Ularning ba'zilari qirollikka Bahrayn orqali kirgan, kelgan paytlarida Eronda bo‘lib qaytganini ma'lum qilmagan.
O‘tgan hafta Umra ziyorati uchun keladigan fuqarolarning Saudiya Arabistoniga kirishi to‘xtatilgan edi. Arab News`ning xabar berishicha, 4 martdan boshlab ushbu taqiq qirollik fuqarolari va rezidentlariga nisbatan ham amal qila boshladi.
Koronavirus eng ko‘p tarqalgan 7ta davlat fuqarolariga Saudiya Arabistoniga kirish vizalari berilmayapti.
Masjid ul-haromda keng miqyosda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. AFP xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Ka'ba tavof etiladigan asosiy maydonga ziyoratchilarning kirishi cheklangan. Cheklov Umraga ruxsat berilguniga qadar amalda bo‘lishi aytilmoqda.
Qayd etish kerak, masjid yopib qo‘yilgani yoki bo‘shab qolgani haqida asossiz xabarlar ham tarqalmoqda. Ammo ehtiyot chorasi sifatida baytullohning faqatgina Ka'ba atrofidagi ochiq maydonida ziyoratchilarning to‘planishi cheklangan bo‘lib, ziyoratchilar masjidga kirib ibodat qilishlari uchun to‘siq yo‘q.
Islom dunyosining bosh masjidida o‘rnatilgan ventilyatsiya filtrlari kuniga 9 martadan tozalab chiqilmoqda, zamzam suvi tozaligiga e'tibor kuchaytirilgan.
Ma'lumot o‘rnida, bu yil Ramazon aprel oyining ikkinchi yarmida boshlanadi, Haj mavsumi iyul oyi oxiriga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026