Jamiyat | 13:12 / 06.03.2020
14638
2 daqiqa o‘qiladi

Tarix sahifasi: 79 yil avval Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari tashkil topgan

Bundan 79 yil oldingi xabarni havola qilamiz.

Andijon Davlat arxivi tomonidan taqdim qilingan ma'lumotda SSSR Oliy soveti prezidiumining 1941 yil 6 martdagi qaroriga asosan Andijon, Namangan, Surxon-Daryo oblastlari tuzilishi haqidagi Qarori e'lon qilingan «Kommunist» gazetasi surati mavjud. 

Andijon Davlat arxivi xodimlari yana quyidagi ma'lumotlarni berishdi:

«Bundan 79 yil avval, ya'ni 1941 yil 6 mart kuni Andijon viloyati tashkil topgan. O‘shanda hududda Andijon va Leninsk shaharlari, Andijon, Baliqchi, Voroshilovsk, Jalaquduq, Izboskan, Leninsk, Marhamat, Oyim, Oltinko‘l, Paxtaobod, Stalin, Xo‘jaobod tumanlari bo‘lgan.

Keyinchalik Oyim, Jalaquduq va Voroshilovsk tumanining bir qismi birlashtirilib, Qo‘rg‘ontepa tumani tashkil etilgan. Voroshilovsk tumanining qolgan qismi Ilichevsk tumaniga o‘zgartirilgan. Stalin tumani avvaliga Moskva, keyin Shahrixon tumani deb atalgan.

1991 yil 29 oktyabrdan esa Lenin tumani Asaka tumani nomini olgan.

Bugungi kunda Andijon viloyati shimoliy-sharqdan va janubdan Qirg‘iston Respublikasi, g‘arbdan Farg‘ona va shimoliy-g‘arbdan Namangan viloyatlari bilan chegaradosh.

Tarkibda 2ta viloyatga va 9ta tumanlarga bo‘ysunuvchi shaharlar, 14ta tuman, 5ta shaharcha, 868ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud.

Asos: Andijon viloyat Davlat arxivi, Fond-608, r-1, yj-3»

 

Mavzuga oid