Yangi texnologiyalar «Koson don mahsulotlari qabul qilish» MChJ faoliyatida keskin burilish yasadi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi mazkur korxona uchun 2019 yil eng zamonaviy korxonaga aylanish yili bo‘ldi. Yangi bino, yangi texnologiyalar va ombor uchun yangi ayvon MChJ imkoniyatlarini kengaytirib yubordi.
«Koson don mahsulotlari qabul qilish» MChJ 1936 yilda Koson don qabul qilish shoxobchasi sifatida tashkil qilingan bo‘lib, 1999 yil 18 maydan «Koson don ochiq hissadorlik jamiyati»ga o‘zgartirilgan. 2004 yil 24 apreldan shu kunga qadar «Koson DMQQ» mas'uliyati cheklangan jamiyati nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
2018 yil 19 dekabrdagi O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilingandi.
2019 yilda ana shu qarorga asosan, korxonada bir kecha kunduzda 60 tonna bug‘doyni qayta ishlashga mo‘ljallangan tegirmon sexi modernizatsiya qilindi.
Turkiyaning «IMASh MAKINA SANAYI» firmasining energiya tejamkor, zamonaviy quvvati sutkasiga 120 tonnaga teng yangi tegirmon liniyasi ishga tushirildi.
– Yangi liniya tufayli korxona quvvatining oshirilishi o‘z navbatida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘ldi va yana 13 kishi ish bilan ta'minlandi, – deydi «Koson don mahsulotlari qabul qilish» MChJ direktori O‘lmas Ravshanov. – Modernizatsiya ishlari uchun 6 milliard so‘m miqdorida bank mablag‘i sarflandi. Shundan 5 milliard 635 million so‘mi tegirmon liniyasi sotib olish uchun, qolgan 375 million so‘m tegirmon sexi rekonstruksiya ishlariga yo‘naltirildi.
2019 yilning o‘zida donni sifatli saqlanishini ta'minlash maqsadida jamiyatimiz bosh korxonasi xududida 2 mlrd 525 million so‘m evaziga 25 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan ayvon qurib bitkazildi va jamiyatning jami don saqlash sig‘imlari 76 ming tonnaga yetkazildi.
Katta o‘zgarishlardan yana biri — korxonaning avariya holatidagi, 1936 yilda qurilgan ma'muriy binosi o‘rniga zamonaviy, qiymati 1 mlrd 450 million so‘mlik ma'muriy bino qurib bitkazildi. 2019 yilning o‘zida korxonaga qabul qilingan g‘alla miqdori 103 536 tonna tovar don hamda 9 967 tonna urug‘lik donni tashkil qildi.
2020 yil g‘alla hosilini qabul qilish uchun 1 042 fermer xo‘jaligi bilan 33 391 gektar maydonga 93 042 tonnaga kontraktatsiya shartnomalari tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, «Koson don mahsulotlari qabul qilish» MChJ tarkibiga «Muborak don» filiali, «G‘uzor un» filiali, «Gulbog‘» DQQSh 2006 va «Yuksak Qashqadaryo» MChJ kiritilgan.
Bugungi kunda jamiyat va unga qarashli filiallarda 254 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 62 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Bu esa, o‘z o‘rnida jamiyatimiz taraqqiyoti va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda yoshlarning o‘ziga xos ahamiyatga ega kuch ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Manzil: Koson shahri, Temir yo‘l shohbekati, 1-uy
Telefonlar: 75 5921021, 75 5921438
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
17:57 / 12.01.2024
Murotjon Azimov Kosondagi “shov-shuvli” qarorni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi
10:11 / 29.08.2020
Qashqadaryoda «Damas» va «Kamaz» to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
22:17 / 10.07.2020
Kosonda ichimlik suv ta'minotini yaxshilash uchun 50 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi
18:07 / 22.06.2020