O‘zbekiston | 10:30 / 07.03.2020
2152
2 daqiqa o‘qiladi

IIV va AQSh Davlat departamenti odam savdosiga qarshi kurash sohasida hamkorlikni kengaytiradi

IIVda AQSh elchixonasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: IIV axborot xizmati

2020 yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi, AQSh Davlat departamenti Giyohvand moddalarga qarshi kurashish va huquqni tatbiq etish xalqaro masalalari bo‘yicha byurosi direktori Rassel Singer bilan odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

IIV axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda R.Singerga odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlarni fosh etish, ularni oldini olish, bunday jinoyat jabrdiydalarini himoya qilish va yordam berish yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi, shuningdek, AQSh elchixonasi vakilini qiziqtirgan boshqa savollariga javob qaytarildi.

Uchrashuv yakunida AQSh Davlat departamenti Giyohvand moddalarga qarshi kurashish va huquqni tatbiq etish xalqaro masalalari bo‘yicha byurosi bilan Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida jinoyatchilikka, jumladan, odam savdosiga qarshi kurash sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid