Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lacetti yo‘lovchisi avtomashinani olib qochib ketdi
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi haydovchi yo‘qligidan foydalanib avtomashinani olib qochdi
2020 yilning 29 fevral kuni soat 22:10da 24 yoshli R.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasini Nukus shahri hududidagi avtovokzal yaqinida to‘xtatgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtomashinadan tushgan vaqtida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan mast holdagi Kegeyli tumanida yashovchi, 20 yoshli A.A. haydovchi yo‘qligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan va Nukus shahar Koksul mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetida ag‘darilib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib o‘rnatilgan tartibda ushlangan.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026