Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketganini tasdiqladi
O‘zbekiston fuqarolari kasalxonaga yotqizishga muhtoj emasliklari aniqlandi, ular o‘z safarlarini boshqa transport vositasida davom ettirdilar
O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi 2020 yil 6 mart kuni Qozog‘istonning Pavlodar viloyati hududida Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus halokatga uchragani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruvlardan so‘ng voqea joyiga kelgan Qozog‘istonning tegishli xizmatlari tomonidan avtobusda bo‘lgan 28 kishi, shu jumladan 26 nafar O‘zbekiston fuqarolari kasalxonaga yotqizishga muhtoj emasliklari aniqlandi. Avtobus yo‘lovchilari o‘z safarlarini boshqa transport vositasida davom ettirdilar.
Qayd etilishicha, vaziyat elchixona konsullik bo‘limi nazorati ostida.
Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquq departamenti O‘zbekiston fuqarolarining e'tiborini sovuq mavsumda avtobus yoki boshqa avtotransport vositalarida Qozog‘iston hududiga kirish yoki undan o‘tishda barcha xatarlarni inobatga olish va tegishli choralarni ko‘rish zarurligiga qaratgan.
Avvalroq, Qozog‘iston shimolida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026