Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Manchester derbisi»da «Yunayted» «Siti»ni mag‘lub etdi
Angliya Premer-ligasi 29-turi doirasidagi markaziy uchrashuv «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari o‘rtasida o‘tdi.
«Old Trafford»da kechgan qarama-qarshilikning 30-daqiqasida hisob ochildi. Brunu Fernandeshning chiroyli uzatmasidan keyin Marsiyal ajoyib zarbasi bilan Ederson darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limning boshida Aguero hisobni tenglashtirdi, ammo VAR tizimi orqali gol o‘yindan tashqari holatda kiritilgani aniqlanib, bekor qilindi.
90+7-daqiqada esa Edersonning qo‘pol xatosidan keyin Maktomini chamasi 35 metrlardan bo‘sh darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi – 2:0.
Shunday qilib, APL doirasidagi mavsumdagi ikkinchi «Manchester derbisi»da ham Sulsher Gvardiolani mag‘lub eta oldi.
Muhim o‘yindagi g‘alabadan so‘ng «MYu» ochkolari sonini 45taga yetkazib, 5-o‘rinda qoldi. «Siti» esa 57 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
APL. 29-tur. 8 mart (yakshanba)
Manchester Yunayted – Manchester Siti 2:0
Gollar: 1:0 – 30 Marsyal, 2:0 - 90+7 Maktomini.
Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams (Bayi, 78), Shou, Lindelef, Uan-Bissaka, Brunu Fernandesh, Matich, Jyeyms, Fred, Marsyal (Maktomini, 78), Maguayr.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Joau Kanselu, Zinchenko (Mendi, 77), Fernandino, Bernardu Silva (Marez, 59), Rodri Ernandes, Foden, Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 59).
Ogohlantirishlar: Fernandino (29), Rodri Ernandes (30), Fred (42), Joau Kanselu (59).

Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026