Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus oqibatlari: koinotdan nazar (fotojamlanma)
Maxar kompaniyasi Xitoy, Yaponiya, Italiya, Saudiya Arabistoni va Eronda koronavirus epidemiyasi oqibatlarining koinotdan ko‘rinishini sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarda namoyish qildi.
Huvillab qolgan ziyoratgohlar, yo‘llar va maydonlar, yangi shifoxonalar, harakatsiz turgan poyezd va samolyotlar - koronavirus avj olgan davlatlar hozirda shunday ko‘rinish olgan.
Koinot texnologiyalarini rivojlantiruvchi Maxar kompaniyasining taqqoslama suratlari Makka, Pekin, Milan, Tokioning koronavirus epidemiyasigacha gavjum joylari va maydonlari hozirda huvillab qolganini namoyish qiladi.
Makkadagi Al-Harom masjidi 2020 yil 14 fevralgacha va 2020 yil 3 martda.
Pekindagi Tyananmen maydoni 2019 yil 21 fevralda va 2020 yil 11 fevralda.
Uxandagi serqatnov shosse 2019 yil 17 oktyabrda va 2020 yil 25 fevralda.
Eronning Qum shahridagi Fotima Ma'suma maqbarasi 2019 yil 25 sentyabrda va 2020 yil 1 martda.
Tokiodagi Disneylend bog‘i 2020 yil 1 fevralda va 2020 yil 4 martda.
Milandagi kafedral cherkov 2020 yil 25 yanvarda va 2020 yil 4 martda.
Uxandagi Xoshenshan shifoxonasi qurilgan joy 2017 yil 28 aprelda va 2020 yil 22 fevralda.
Uxandagi shosse 2019 yil 17 oktyabrda va 2020 yil 25 fevralda.
Uxandagi temir yo‘l stansiyasi 2019 yil 17 oktyabrda va 2020 yil 25 fevralda.
Tehron aeroporti 2020 yil 11 yanvarda va 2020 yil 29 fevralda.
Uxandagi maydon 2019 yil 17 oktyabrda va 2020 yil 25 fevralda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025