10:03 / 11.03.2020
0
3652

Onlayn auksion orqali 3,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Bitimlarning 18,8 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,6 foizi ikkinchi va 31,6 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli 

Foto: KUN.UZ

2020 yilning 2 – 8 martlarida “O‘zRTXB” AJda 1,06 trln so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 396,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan birja savdolarining hajmi 974,5 mlrd so‘mdan 941,3 mlrd so‘mgacha kamaydi. 

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 65,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 16,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 58,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 693 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 18,8 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,6 foizi ikkinchi va 31,6 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top