Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda MDH Chegara qo‘shinlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahrida MDH tashkilotiga a'zo davlatlar chegara qo‘shinlari rahbarlarining 5-mintaqaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalari delegatsiyalari, shuningdek, MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining Muvofiqlashtiruvchi xizmati vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida MDHga a'zo davlatlarning Afg‘oniston bilan tashqi chegaralaridagi vaziyat va uning yaqin kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilindi. Xususan, Afg‘onistonning shimoliy chegara hududlaridagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilarining e'tibori jangarilar nazorati ostidagi hududlarda giyohvand moddalar ishlab chiqarish ko‘lami oshib borayotgani va giyohvandlik vositalarini «shimoliy yo‘nalish» bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi MDHga a'zo davlatlarning tashqi chegaralari orqali olib o‘tishga urinishlar bo‘layotganiga qaratildi.

Yig‘ilishda Hamdo‘stlik davlatlari hududiga xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlarga aloqador shaxslarning kirib kelishiga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolandi. Uning tavsiyalari 16 aprel kuni Yerevan shahrida bo‘lib o‘tadigan Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
11:39 / 28.02.2026
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026