O‘zbekiston | 08:47 / 13.03.2020
5418
8 daqiqa o‘qiladi

«2019 yil brendi» mukofoti uchun ochiq ovoz berish boshlandi

2020 yil 10 aprelda “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra III “Yil brendi” mukofotini topshirish tantanali marosimi o‘tkaziladi. Bu yil tashkilotchilar har bir iste'molchi o‘zi uchun sevimli brendga ovoz berish imkoniga ega bo‘lsin, degan qarorga keldilar.

“Yil brendi” mukofoti bilan O‘zbekiston bozorida o‘z marketing ilgarilatuvini muvaffaqiyatli amalga oshirgan eng faol kompaniyalar taqdirlanadi. Taqdirlash IV ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida o‘tkaziladi.

“Mukofotning asosiy vazifasi – mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. Tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirish. Bundan tashqari, biz kompaniyalarning o‘z tovar va xizmatlarini ilgarilatishning samarali uslublariga e'tibor jalb etishni, marketing va reklama sohasidagi yutuqlarni namoyish etishni, iste'molchilar orasida o‘ziga xos tadqiqot o‘tkazishni va taqdim etilayotgan xizmatlar va taklif etilayotgan mahsulotlar sifatini baholovchi mustaqil hamjamiyat o‘laroq namoyon bo‘luvchi MMM a'zolari hamda sheriklari fikrlarini jamlashni istaymiz”, - deya qayd etdi ADWEEK haftaligi tashkilotchisi, “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

“Yil brendi” mukofoti birinchi bor 2018 yil martda bo‘lib o‘tgan. Assotsiatsiya, DE FACTO marketing agentligi bilan sheriklikda, Assotsiatsiya sheriklari va ekspertlari o‘rtasida onlayn ovoz berish o‘tkazdi. Jami, ovoz berishda 104 nafar respondent qatnashgan. 2017 yilning eng yaxshi savdo markasi va eng yaxshi marketing ilgarilatuvini aniqlash uchun ovoz berish 17 ta toifa bo‘yicha o‘tkazilgan. Professionallar ovozlariga ko‘ra 34 ta g‘olib kompaniya aniqlangan.

II “Yil brendi” mukofoti III ADWEEK haftaligi doirasida, 2019 yil aprelida o‘tkazildi. 2018 yildagi eng yaxshi marketing ilgarilatuvini aniqlash uchun ovoz berish 20 ta toifa bo‘yicha amalga oshirildi. Har bir toifada “eng yaxshi marketing ilgarilatuvi” nominatsiyasiga ko‘proq muvofiq keluvchi bitta markani tanlash taklif etilgandi. Ovoz berishda MMMning 105 nafar a'zolari, sheriklari va ekspertlari qatnashdilar. Ovoz berish natijalariga ko‘ra 21 nafar g‘olib aniqlandi. Asosiy toifalardan tashqari, maxsus mukofotlar ham topshirildi. Reklama tarmog‘i rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Dilshod Azimov taqdirlandi. “Yil namoyoni” mukofotini Texnomart kompaniyasi qo‘lga kiritdi, “Yil shaxsi” mukofoti LeBazar internet-do‘koni marketing bo‘yicha direktori Azizbek Yusufovga topshirildi.

“Boshqarmamizning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz reklama bozorini nazorat qilish sanaladi. Ammo faoliyatimiz faqat nazoratdangina iborat emas. Reklama sohasidagi ta'lim va tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham o‘ta muhim sanaladi. Bu yil iste'molchilar o‘rtasida ochiq ovoz berish o‘tkaziladi. Bu esa, “Yil brendi” mukofoti bizga, vakolatli davlat organi sifatida, barcha mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarining sa'y-harakatlari yo‘naltirilgan auditoriya – yakuniy iste'molchilar aslida nimani afzal bilishlarini aniqlash imkonini beradi. Brendlarning iste'molchilar bilan o‘zaro munosabatini yaxshilash nuqtai nazaridan bu juda muhim qayta aloqadir. Aynan shu sababli, Mukofot g‘oliblarida ular 2019 yilning eng yaxshi brendi ekanliklarini namoyish etish imkoniyati yaratiladi”, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi qoshidagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Reklama faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov.

Joriy yilda g‘oliblarni aniqlash mexanizmi sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Avvallari bo‘lganidek, MMM a'zolari, sheriklari va ekspertlari o‘rtasida ovoz berish o‘tkaziladi. Biroq, shu bilan birga, http://t.me/adweek_bot telegram-botida ochiq ovoz berish ham boshlandi.

“Jahon tajribasida professional hamjamiyat ovoz berishi natijalariga ko‘ra eng yaxshi loyihalar va kompaniyalarni aniqlash urf bo‘lgan. Chunonchi, misol uchun, Rossiyaning Effie Awards mukofoti 1968 yildan buyon mavjud, uning hay'at a'zolari reklama va kommunikatsiya bozorining 180 nafar eksperti bo‘lib, ular 29 ta asosiy nominatsiya bo‘yicha eng samarali loyihalarni tanlaydilar. O‘zbekistonda ham shu singari tadqiqot o‘tkazilishidan mamnunman, u eng yaxshilarni yuzaga chiqarib, rag‘batlantirish, yetakchilarni aniqlashgina emas, balki B2C segmenti brendlari qanday ishlayotganligini ham ko‘rsatadi. Bu sohada esa, raqobat kuchli bo‘lib, u qiziqarli marketing yechimlarini yuzaga keltiradi. Joriy yilda juda qiziqarli va mas'uliyatli ish oldimizda turibdi. Birinchi bosqich iste'molchilar o‘rtasida, sevimli brendlariga ochiq ovoz berish yo‘sinida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda biz MMM a'zolari va ekspertlari o‘rtasida an'anaviy ovoz berishni o‘tkazamiz, ikki bosqich natijasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlanadi. Agentligimiz vazifasi va javobgarligi ovoz berishni xolis va beg‘araz o‘tkazish bo‘lib, biz bunga tayyormiz”, - dedi DE FACTO marketing agentligi direktori Aziz Bo‘riyev.

Ochiq ovoz berish mexanizmi qanday? Bu savolga ovoz berish davom etayotgan Telegramdagi botni ishlab chiqqan ClickMe kompaniyasi rahbari Timur Bakiyev javob beradi.

“Ovoz berish 2020 yil 9-31 mart davomida http://t.me/adweek_bot telegram-botida o‘tkaziladi. Ovoz berish natijalari www.adweek.uz saytida aks etadi. Mukofotda ovoz berish uchun:  http://t.me/adweek_bot botida ro‘yxatdan o‘tish, nominatsiyalardan birini tanlash, ovoz bermoqchi bo‘lganingiz brendni topib, ovoz berish kerak". 

Barcha 20 ta nominatsiyada o‘z sevimli brendlaringizni tanlash zarur bo‘ladi:

• Energetik ichimliklar;                            
• Shirin-gazlangan ichimliklar;
• Kolbasa mahsulotlari;
• Oziq-ovqat chakana savdosi
• Yangiliklar internet-saytlari
• Bank xizmatlari
• Qahvaxonalar
• Qandolat mahsulotlari
• Mobil operatorlar
• Fitnes-klublar
• To‘lov tizimlari
• Ko‘ngilochar bog‘lar
• Restoranlar / Tez xizmat ko‘rsatish qahvaxonalari
• Developerlar 
• Chet tillari kurslari va o‘quv markazlari
• Dam olish zonalari
• Sport klublari
• Maishiy texnika
• Derazalar, profillar
• Maishiy texnikani muddatli to‘lov yoki kreditga sotish do‘konlari

Har bir ovoz brendning umumiy hisobiga qo‘shiladi. Ko‘pchilikda ovoz berish xavfsizligi va xolisligi borasida savol tug‘iladi. Aynan shu sababli, hatto telefon raqam almashtirilganda ham takroriy ovoz berish imkoni bo‘lmasligi uchun, nafaqat telefon raqami, balki chat IDsi bo‘yicha ham ro‘yxatga olishni joriy qilindi.

Mavzuga oid