Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada Olimpiya mash'alasi estafetasi bekor qilindi
Gretsiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi koronavirus epidemiyasidan xavotirda Tokioda o‘tadigan 2020 yilgi Olimpiada mash'alasi estafetasini to‘xtatishga qaror qildi.
Estafeta ikkinchi kunidayoq to‘xtatildi. Bunga Sparta shahrida yuzaga kelgan tiqilinch sabab bo‘lgan: bu yerda minglab odamlar mash'alani olib yurishga taklif qilingan Hollivud aktyori Jyerard Batlerni ko‘rish uchun kelishgan.
“Gretsiya Olimpiya qo‘mitasi Spartada Olimpiya mash'alasini olib yurish marosimida kutilmaganda ko‘p odam to‘plangandan keyin Gretsiyada mash'ala estafetasini bekor qilish bo‘yicha qiyin, biroq zarur qarorni qabul qildi”, deyilgan xabarda.
Estafetaning Gretsiyadagi qismida 600 ishtirokchi qatnashishi kerak edi. Mash'ala Gretsiyaning o‘nlab shaharlari orqali olib yurilib, 3200 km yo‘l bosib o‘tishi kerak edi.
Estafetaning ushbu qismi bekor qilinganiga qaramay, mash'ala 19 mart kuni Olimpiada tashkilotchilari – Yaponiya vakillariga topshiriladi. Shu kuni mash'ala samolyotda Yaponiyaga yetkaziladi, so‘ngra butun Yaponiya orqali olib o‘tiladi. Estafeta 24 iyulda Olimpiada ochilishi marosimida yakun topadi.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026