Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JB va Shveytsariya ko‘magi. 500 mingdan ortiq o‘zbekistonlik sifatli suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonning uchta hududidagi 500 000dan ortiq aholi yanada sifatli suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana oladilar
Jahon bankining direktorlar kengashi O‘zbekistonda suv ta'minoti tizimini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash loyihasini moliyalashtirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan 239 million dollarlik kreditni tasdiqladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda suv ta'minoti va kanalizatsiya infratuzilmasi asosan sovet davrida yaratilgan. Bugungi kunda u eskirgan va kapital rekonstruksiya qilishni va yanada kengaytirishni talab qiladi. Ushbu infratuzilmani yangilash bo‘yicha ish sur'ati, uning mavjud quvvati va texnik xizmat ko‘rsatishi o‘sib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirmaydi. Bu omillar mamlakatning ko‘plab hududlarida suv ta'minoti va kanalizatsiya sifatining pasayishiga olib keldi.
«Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida, O‘zbekistonning uchta hududidagi 500 000dan ortiq aholi yanada sifatli suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana oladilar», - dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.
Ushbu loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus, Taxiatosh va Xo‘jayli shaharlarida oqava suv tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Sirdaryo viloyatida va Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on shahrida ham suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi.
Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri - butun O‘zbekiston bo‘ylab energiya va suv yo‘qotishlarini kamaytirish. Bunga suv ta'minoti xizmatlari sohasida energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish mexanizmini, shuningdek, mahalliy suv kanallari foydalanishi mumkin bo‘lgan suv iste'molini hisoblash dasturlarini joriy qilish orqali erishish mumkin.
Bundan tashqari, ushbu loyiha doirasida Shveytsariyaning iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyati suv ta'minoti xizmatlari sektorining institutsional va tartibga soluvchi salohiyatini rivojlantirish uchun 7,8 million dollar miqdorida grant ajratadi. Ushbu loyiha suv ta'minoti tizimining samaradorligini va shaffofligini oshirish maqsadida O‘zbekiston hukumatiga sektorni isloh qilishda yordam beradi.
Jahon banki O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda texnik yordam va umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollariga teng 21ta loyihani moliyalashtirish orqali yordam bermoqda. Ular makroiqtisodiy siyosatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti va kanalizatsiya, energetika, transport, ijtimoiy himoya, shuningdek, shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 16.05.2026