TIV o‘zbekistonliklarga Tailandga borishdan tiyilib turishni tavsiya qildi
TIV O‘zbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat bo‘lmasa, Tailand Qirolligiga vaqtincha borishdan tiyilib turishlarini tavsiya qiladi.
Tashqi ishlar vazirligi Tailandga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yana bir murojaat bilan chiqdi
2020 yilning 12 mart kuni Tailand qirolligi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasini o‘z hukumatining O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Visa on Arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish haqidagi qarori to‘g‘risida xabardor qildi. Qaror 13 martda kuchga kirdi va 2020 yilning 30 sentyabriga qadar amalda bo‘ladi.
Mazkur davr mobaynida O‘zbekiston fuqarolariga Tailandga kirish vizalarini mazkur mamlakatning Toshkent shahridagi faxriy konsulxonasi yoki qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridan birining konsullik bo‘limida rasmiylashtirish tavsiya qilinmoqda.
COVID-19 koronavirusining Tailand va qo‘shni davlatlar hududida tarqalganligi munosabati bilan hamda ushbu kasallikning mamlakatga kirib kelishining oldini olish maqsadida TIV O‘zbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat bo‘lmasa, Tailand qirolligiga vaqtincha borishdan tiyilib turishlarini tavsiya qildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bosh konsulxona huzurida ishchi guruh tuzildi va u 24 soatlik rejimda vatandoshlar bilan aloqada bo‘lib turadi. Shuningdek, tezkor axborot almashish uchun Telegram messenjerida “Tailanddagi o‘zbekistonliklar” guruhi ham ochildi.
O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi huzuridagi ishchi guruh a'zolarining telefon ma'lumotlari:
Jamshid Safarov, Konsul, uchinchi kotib (o‘zbek, rus, ingliz tilari)
+66-9-5502-6770
Nirapat Vongvilas, Tarjimon-kotib (rus, ingliz, tay tillari)
+66-6-4737-5560
Faxritdin Sultonov, Uzbekistan Airways'ning Bangkok shahridagi vakili
+66-8-1751-4840
Bosh konsulxona internet-resurslari:
Veb-sayt: https://uzbinbkk.com
Elektron pochta: ankhor@uzbinbkk.com
Facebook’dagi sahifa:
https://www.facebook.com/uzbconsulatebkk/
Telegramdagi «Tailanddagi o‘zbekistonliklar» guruhi:
https://t.me/joinchat/FvQruRVOna3PK2FHwcqTNA
Bosh konsulxona manzili:
83/4, Soi Vithayu 1, Wireless Road, Lumpini, Pathumwan District, Bangkok 10330, Thailand.
Telefon: +66-2 675-3995/6
Faks: +66-2 651-56-02.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024