Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada koronavirus bois favqulodda vaziyat joriy etildi: tartibbuzarlar besh yilgacha qamalishi mumkin
Oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari ko‘ngilochar va o‘yin zallari, diskotekalar, barlar, savdo markazlari, umumiy ovqatlanish muassasalariga borish taqiqlanadi. Barcha ta'lim muassasalarida o‘qish to‘xtatiladi.
Bolgariya parlamenti koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda 13 martdan 13 aprelgacha favqulodda vaziyat rejimi joriy etilishini ma'qulladi.
Bolgariya prezidenti Rumen Radev "bolgariyaliklar og‘ir vaziyatda o‘zlarini oqilona tutishlari va vahimaga berilmasliklari"ga umid bildirdi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi Bolgariya hududida 29 martgacha amal qiladigan cheklovlar ro‘yxatini e'lon qildi.
Xususan, oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari ko‘ngilochar va o‘yin zallari, diskotekalar, barlar, savdo markazlari, umumiy ovqatlanish muassasalariga borish taqiqlanadi. Maktablar, universitetlar va boshqa ta'lim muassasalarida o‘qish to‘xtatiladi. Bolalar bog‘chalari yopiladi. Barcha ko‘rinishdagi ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlanadi.
Parlament karantin rejimini buzganlik uchun jazo joriy etdi, tartibbuzarlar besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 50 ming lyovgacha (25 ming yevro) jarima to‘laydi.
Juma kuni Bolgariyada sakkiz kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu infeksiyani yuqtirganlar soni 31 kishiga yetdi, ikki kishi vafot etdi.
Bolgariyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat 8 martda aniqlangandi.
Mavzuga oid
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025
Bolgariya yevroga o‘tish arafasida: ommaviy norozilik va hukumat iste’fosi
15:41 / 07.11.2025