Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: Ispaniyada odamlarga zaruratsiz uydan chiqish taqiqlandi. Bosh vazirning rafiqasida koronavirus aniqlangan
Ispaniyada koronavirus epidemiyasi sababli aholiga zaruratsiz uylaridan chiqish taqiqlandi. Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasi koronavirusga chalingani ma'lum bo‘ldi.
Mamlakatda koronavirus xavfi sababli harakatlanish cheklandi. Bu haqda El Mundo nashri xabar berdi.
Ishga qatnovchilarga va oziq-ovqat mahsulotlari yoki dori-darmon xarid qilish uchun ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan. Cheklovlar, shuningdek, keksa odamlar, bolalar, nogironlarga qarovchilar yoki bankka, sug‘urta kompaniyasiga bormoqchi bo‘lganlarga taalluqli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, fors-major holatlari ham hisobga olinadi.
Mamlakatda oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari barcha do‘konlar yopiladi, barlar, mehmonxonalar va ta'lim muassasalari vaqtinchalik ishlamaydi. Politsiyachilarga zarurat bo‘lganda tintuvlar o‘tkazishga ruxsat berildi.
Bu orada Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasi Begonya Gomes koronavirusga chalingani ma'lum bo‘ldi.
“Monkloa saroyida bosh vazirga yaqin odamlarda o‘tkazilgan tahlillar uning rafiqasi Begonya Gomesda ijobiy natija berdi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, bosh vazir va uning 45 yoshli rafiqasi o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Ularning ikkisi ham Monkloa saroyida qolib, profilaktik choralarga amal qilmoqda.
- 15 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 156 730 kishida koronavirus aniqlangan, hozirgacha ularning 75 933 nafari sog‘ayib ketgan, 5839 kishi vafot etgan.
- Ayni vaqtda Ispaniya koronavirus tarqalishi ko‘lami bo‘yicha Yevropada Italiyadan keyin ikkinchi davlat bo‘lib qolmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada 6391 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 196 nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026