Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirus avj olganiga qaramay mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi
Fransiya hukumati koronvirus epidemiyasi ortida mahalliy saylovlarni bekor qilmadi. Saylovlarning 1-turi 15 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish darajasi past bo‘lib, 45,5 foizni tashkil qildi.
Vaholanki, 2014 yildagi saylovlarning 1-turida 63,55 foiz saylovchi ishtirok etgan.
Saylovlar natijalariga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron partiyasi “Olg‘a, respublika” past natija ko‘rsatgan. Gavr meri lavozimiga qayta saylanish uchun kurashgan bosh vazir Eduar Filipp nomzodlar orasida eng yaxshi natijaga erishgan, biroq u 1-turda g‘olib bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘play olmagan. Filipp uchun 43 foiz saylovchi ovoz bergan.
Makronning eng yaqin safdoshlaridan biri Jyerar Kolomb mer bo‘lgan Lionda prezident partiyasi nomzodi faqatgina 4-natijani ko‘rsatgan. Bu yerda yetakchilikni Yashillar partiyasi nomzodi Gregori Duse qo‘lga olgan. Shuningdek, “yashillar” Bezanson, Strasburg va Grenoblda ham yetakchilik qilgan.
Parijda esa “Olg‘a, respublika” nomzodi Anes Buzen 3-natijani ko‘rsatgan (17,6 foiz ovoz), bu yerda sotsialistlar nomzodi – amaldagi mer Ann Idalgo yetakchilik qilgan. Unga saylovchilarning 30,2 foizi ovoz bergan.
Fransiyada munitsipal saylovlar 2 turda o‘tadi. Keyingi tur 22 martga belgilangan, biroq koronavirus epidemiyasi ortida bekor qilinishi mumkin. Bunga ko‘plab siyosatchilar chaqirmoqda.
Bu orada Fransiya prezidenti saylovlarda ovoz berish vaqtida demokratik jarayon karantinga qaramay davom etishi kerakligini aytgan. “Men nafaqat xavfsizlik va fuqarolar sog‘lig‘i, balki mamlakatdagi demokratik hayot kafili ham hisoblanaman”, deb aytgan Makron.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026