Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi:
2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
Olmaliq shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish manzilli ro‘yxati hamda bo‘sh turgan obektlardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari;
Olmaliq shahrida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;
Olmaliq shahrida ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Olmaliq shahrida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta'mirlash, issiqlik ta'minoti sifatini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar;
Olmaliq shahrida ta'lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy sohada aholi faolligini oshirish, aholini sportga keng jalb etish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;
aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta'mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
shaharda ekologik muhitni yaxshilash, uning aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytirish choralarini ko‘rish, ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va yashil maydonlar, gulzorlar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;
ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish;
aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish;
aholining ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli tadbirlarni amalga oshirish.
Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligining rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida xorijiy investorlarni jalb etgan holda Olmaliq shahridagi “Quruvchilar” madaniyat va istirohat bog‘i (9,8 ga) negizida zamonaviy istirohat bog‘i barpo etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi Olmaliq shahrida ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, maysazorlar va gulzorlarni tashkil etib, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida 2020-2022 yillarda shaharning sug‘orish tizimini, loyiha-smeta hujjatlari asosida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
08:32 / 17.03.2026