“Dunyo” AA xabar berişiça, maqolada prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ramziy tugmani bosiş orqali işga tuşirilgan mazkur loyiha mamlakat iqtisodiyoti uçun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Qiymati 2,7 milliard dollar bölgan, 196 gektar maydonda barpo etilgan zavod yiliga 60 million tonna rudani qayta işlaş quvvatiga ega. Bu körsatkiç bilan u nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng yirik korxonalar qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Naşrda misning energetika, elektrotexnika, raqamlaştiriş, sun’iy intellekt va “yaşil” iqtisodiyotdagi ahamiyati alohida urğu bilan yoritilgan. Şuningdek, Özbekistonda xomaşyoni eksport qilişdan köra, uni çuqur qayta işlaşga ötiş maqsad qilingani ta’kidlangan.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilda misni qayta işlaş quvvatini 240 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Loyihaning texnologik ustunligi sifatida işlab çiqariş jarayonlarining raqamli nazorat ostida ekani va sun’iy intellekt yordamida boşqarilişi qayd etilgan. Bu esa energiya sarfini 10 foizga, işlab çiqariş xarajatlarini esa 15 foizga kamaytiriş imkonini beradi.
Şuningdek, “Yoşlik-1” va “Qalmoqir” konlarida qariyb 45 million tonna mis va 5000 tonnadan ortiq oltin zaxiralari mavjud ekani, bu resurslar kamida 100 yilga yetişi ta’kidlangan. Molibden, selen, tellur va reniy kabi nodir metallar esa kelgusidagi innovatsion loyihalar uçun muhim asos bölib xizmat qiladi.
Deutsche Allgemeine Zeitung ta’kidlaşiça, mazkur loyiha Özbekiston uçun nafaqat sanoat yutuği, balki texnologik modernizatsiya va barqaror iqtisodiy ösiş sari yönaltirilgan muhim qadam hisoblanadi.









