Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadan O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida ma'lumot to‘plash boshlandi
Frankfurt-Mayn shahridan charter reyslarini tashkil etish uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida ma'lumot to‘plash boshlandi
Tashqi ishlar vazirligining operativ shtabi O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsulxonasi konsullik okrugida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil 16 mart kuni Frankfurt-Mayn shahridan (Germaniya) charter reyslarini tashkil etish uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma'lumot to‘plash boshlandi.
Shu munosabat bilan bosh konsulxona qiziqish bildirgan fuqarolardan quyidagi ma'lumotlarni [email protected] va [email protected] elektron pochta manzillariga yuborishni so‘raydi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi;
hozirda bo‘lib turgan joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
Uzbekistan Airways AJning Toshkent shahriga reysi uchun amaldagi aviachipta nusxasi (mavjud bo‘lsa).
Charter reysi vaqti va parvoz shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinadi.
Bog‘lanish ma'lumotlari:
S.Komilov - konsul, tel: +49 (30) 394 098 – 17;
M.Azimov - birinchi kotib (turistik kompaniyalari uchun), tel: +49 (30) 394 098 – 13;
Sh.G‘ulomov - attashe, tel.: +49 (30) 394 098 – 30;
N.Mamajonov - konsul, tel.: +49 173 888 73 72;
Frankfurt-Mayndagi Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi, tel: +49 172 699 34 04; +49 172 699 34 02; +49 172 699 34 01.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025