Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga qaytishni istagan vatandoshlar qayerga murojaat qilishlari mumkin?
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni vahimaga berilmaslik va xotirjamlikka chorlamoqda. Shu bilan birga, yangi virus bilan kasallanishning oldini olish uchun uchun tavsiyalarni bermoqda.
16 mart kuni O‘zbekistonda karantin e'lon qilinishi munosabati bilan xorijiy mamlakatlardan barcha turdagi qatnovlar vaqtincha bekor qilinishi, ayni chog‘da, O‘zbekistonga qaytishni istagan vatandoshlarga kirishga ruxsat berilishi ma'lum qilindi. Bu esa, Rossiya va dunyoning boshqa davlatlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarda qator savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qilib, o‘z tavsiyalarini berdi hamda turli savollar bo‘yicha qayerga murojaat qilish mumkinligi borasida ma'lumotlarni taqdim etdi. Unda jumladan, vahimaga berilmaslik va xotirjamlikka chaqirilgan.
Yangi turdagi “COVID-19” koronavirusi tufayli kelib chiqqan kasallikning tez sur'atlarda tarqalib borayotgani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu infeksiya pandemiya (butun dunyo miqyosidagi kasallik) darajasiga yetganini e'tirof etdi. Iste'molchilar huquqlarini va inson farovonligining himoyasini nazorat qilish bo‘yicha Federal xizmat (Rospotrebnadzor) axborotiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha bir nechta holat qayd etilgan.
O‘zbekiston elchixonasi va Bosh konsulliklari tomonidan Rossiya Federatsiyasining vakolatli markaziy va hududiy organlari bilan aloqalar o‘rnatilgan va doimiy muloqot olib borilmoqda, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat doimiy kuzatuv ostiga olindi. 2020 yil 16 mart holatiga ko‘ra, Rossiyada yangi infeksiya bilan kasallanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Vatandoshlarimizni vahimaga berilmaslik va xotirjamlikka chorlab qolamiz. Shu bilan birga, yangi virus bilan kasallanishning oldini olish uchun uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
− jamoat joylari: savdo markazlari, sport va boshqa ommaviy tadbirlarga borishdan tiyilish, tig‘iz vaqtda jamoat transportidan foydalanmaslik;
− jamoat joylarida bir martalik tibbiy niqobdan (respirator) foydalanish va uni har 2-3 soatda almashtirish;
− o‘tkir respiratorli virus infeksiyasiga (ORVI) oid sezilarli belgilar (yo‘tal, aksirish, burundan suv oqishi) bor insonlar bilan bir xonada bo‘lish va yaqin aloqaga yo‘l qo‘ymaslik;
− ko‘chadan har qaytganda, begona odam bilan muloqot qilingandan so‘ngi qo‘llarni suv va sovun orqali yuvish;
− gadjetlar, kompyuterlar va boshqa texnika, shuningdek, doimiy foydalanadigan mebellarni muntazam ravishda dezinfeksiyalash;
− imkon darajasida qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashuvlardan voz kechish;
− faqat o‘zingizniki bo‘lgan shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish (sochiq, tish tozalash vositalari);
− imkon darajasida ko‘z, burun va og‘izni qo‘l bilan ushlamaslik;
− epidemiologik vaziyat yomon bo‘lgan mamlakatlarga safarga borishdan voz kechish;
− Rossiya hukumatining tavsiyalarini diqqat bilan kuzatib borish va ularga amal qilish (www.rosminzdrav.ru/ministry/covid19 va www.rospotrebnadzor.ru/region/korono_virus).
Tibbiyot mutaxassislarining ma'lumotlariga qaraganda, koronavirus infeksiya bilan kasallanishning asosiy belgilari tananing yuqori harorati, bosh og‘rig‘i, zaiflik, yo‘tal, nafas olishning qiyinlashuvi, mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qayt qilish hamda ich ketishi hisoblanadi. Kasallik bilan bog‘liq belgilar yuzaga kelgan taqdirda, zudlik bilan 103 qisqa raqamiga qo‘ng‘riroq qilib, tez tibbiy yordam chaqirish lozim.
Mavzuga doir qo‘shimcha axborotlarni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi hamda Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov va Sankt-Peterburg shaharlaridagi Bosh konsulliklari huzurida tashkil etilgan tezkor shtablarga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin:



O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi manzili (Markaziy federal okrug): 119017, g.Moskva, 2-y Kazachiy per., dom 2 (Konsullik bo‘limi)
Veb-sayt: uzembassy.ru
E-mail: [email protected], [email protected]
Facebook: @UzEmbassy.ru
Instagram: @UzEmbassyRussia
Call-sentr: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20
Telegram-bot: @UzKoRusBot
Elchixona operativ shtabi (barcha raqamlarda Telegram mavjud):
+7 977 806 16 55
+7 977 806 12 73
+7 977 806 12 74
+7 977 806 16 77
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining operativ shtabi
Operativ shtab telefon raqamlari: +998 71 233 28 28; +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron manzili: [email protected]