O‘zbekiston | 01:41 / 17.03.2020
13501
2 daqiqa o‘qiladi

BAAdagi o‘zbekistonliklar Toshkentga olib kelinib, karantinga joylashtiriladi

Foto: KUN.UZ

2020 yil 17 mart kuni Uzbekistan Airways chet ellik fuqarolarni BAAga olib chiqish va O‘zbekiston fuqarolarini BAAdan Toshkentga olib kelish uchun quyidagi reyslarni amalga oshiradi:

HY331/332 – Toshkent - Sharja/Dubay - Sharja. Toshkentdan ketish vaqti – soat 8:25da, Sharjadan – soat 12:30da, mahalliy vaqt bilan.

Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, birinchi navbatda, 16, 17, 18 mart kunlari bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari qabul qilinadi.

BAAga uchib ketish uchun amirliklarning amaldagi migratsiya qoidalariga muvofiq barcha kerakli hujjatlarga ega bo‘lish kerak.

Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo‘lovchilar kelishi bilan vaqtincha joylashtirish punktiga jo‘natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent shahri aeroportida kutib olmaslik so‘ralgan.

Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid