Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vazirligi: Andijondagi yangi ko‘p qavatli uyda qator kamchiliklar borligi tasdiqlandi
Qurilish vazirligi Andijondagi ko‘p qavatli turar-joy binosidagi mavjud kamchiliklar o‘z tasdig‘ini topgani hamda ularni tuzatish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilganini bildirdi.
18 mart kuni Kun.uz saytida «Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq». Andijon markazidagi yangi uy nega to‘liq bitmagan? sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. O‘zbekiston Qurilish vazirligi maqolada ko‘rsatilgan kamchiliklarni joyida o‘rganib, bajarilishi boshlangan ishlar bo‘yicha tahririyatga axborot berdi.
«Joriy yilning 18-mart kuni Kun.uz ijtimoiy tarmog‘ida Andijon shahar Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 96-manzildagi 6 qavatli turar-joy binosida liftning ishlamayotganligi, devor bilan liftning orasida bo‘shliq borligi, pod'yezdlarda pardozlash ishlarining oxiriga yetkazilmaganligi yuzasidan berilgan maqola bo‘yicha, buyurtmachi-pudratchi “POYTUG BARKAMOL QURILISH” xususiy korxonasi mutasaddilari hamda Andijon viloyati qurilish sohasida Hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida 2020 yilning 18-mart kuni maqolada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Xususan, maqolada keltirilganidek, uyning liftlari ishlamayotgani, devor bilan liftning orasida bo‘shliq borligi, pod'yezdlarda pardozlash ishlarining oxiriga yetkazilmaganligi kabi qator kamchiliklar borligi tasdiqlandi. Shundan kelib chiqib, ushbu ko‘p qavatli uylarning qurilishiga mas'ul buyurtmachi-pudratchi “POYTUG BARKAMOL QURILISH” xususiy korxonasi aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi.
Buyurtmachi-pudratchi “POYTUG BARKAMOL QURILISH” xususiy korxonasi o‘rganishlar mobaynida ushbu uylarda aniqlangan va maqolada keltirilgan kamchiliklarni joriy yilning 28-mart sanasiga qadar yuz foiz bartaraf etish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishni o‘z kafolat xatida bildirib o‘tdi.
Albatta, ushbu masala Qurilish vazirligining tegishli bo‘limlari tomonidan nazoratga olinadi», - deyiladi vazirlik axborotida.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026