Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar tomonidan 5 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar ushlab qolindi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari kontrabandasi va noqonuniy muomalasini oldini olishga doir tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Tezkor tadbir davomida muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi T.V. ismli shaxs yonida “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklari bo‘lmish 6 nafar shaxslar ham aniqlanib, ular giyohvandlik vositalarini qonunga xilof muomalaga kiritayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
O‘tkazilgan tadbir davomida 3 kg 565 gramm “gashish”, 1 kg 997 gramm “opiy” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida yuqoridagi giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan noqonuniy yo‘llar orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib o‘tilganligi ma'lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276, 273 va 246-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.
Mavzuga oid
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
23:36 / 29.04.2026