Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi
Markaz Toshkent davlat agrar universiteti huzurida tashkil etiladi.
Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• agrosanoat majmuida zamonaviy texnika va texnologiyalar, shu jumladan, “aqlli qishloq xo‘jaligi”, raqamli innovatsion texnologiyalar va axborot tizimlarini qo‘llash orqali o‘z faoliyatini samarali tashkil eta oladigan rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
• agrosanoat majmui rahbar va mutaxassis kadrlarining egallagan bilimlarini kasbiy faoliyatlarida samarali qo‘llay olishga, agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ta'lim jarayonini tashkil etish;
• xorijiy davlatlar ekspertlari hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari mugaxassislarini jalb etgan holda agrosanoat majmui rahbar va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davriy ravishda o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish;
• “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari asosida yuqori tashkiliy va kasbiy darajada tashkil etish uchun zarur o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratish;
• agrosanoat majmui tizimidagi tashkilotlar, shu jumladan, agroklasterlar va xususiy korxonalar bilan hamkorlikda boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun malakaviy amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish;
• ta'lim jarayonini zamonaviy usullarda sifatli tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha tizimli tahlil va monitoring yuritish, shuningdek, rahbarlik lavozimlarida ishlash uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni talab etiladigan darajada ta'minlash maqsadida doimiy ravishda kasbiy ko‘nikma va layoqatning rivojlanish dinamikasini baholab borish.
Mavzuga oid
21:59 / 24.03.2026
O‘zbekiston Italiyadan sun’iy intellekt bilan ishlaydigan agrotexnologiyalarni xarid qiladi
08:06 / 13.09.2025
Sirdaryoda uchuvchisiz texnologiyalar sanoat klasteri ochilishi mumkin
19:01 / 03.03.2025
Sifatli navlarni yaratish tajribasini o‘rganish bo‘yicha Italiya bilan hamkorlik qilinadi
14:53 / 17.02.2025