Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda uchuvchisiz texnologiyalar sanoat klasteri ochilishi mumkin
Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatorining agrosanoat siyosati va tabiatdan foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mixail Ratner boshchiligidagi delegatsiya Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.
Foto: Dunyo
Delegatsiya tarkibidan Tomsk biznesining oziq-ovqat sanoati, o‘rmon xo‘jaligi kompleksi suvni tozalash bo‘yicha zamonaviy yechimlarni taklif qiladigan korxonalar rahbarlari o‘rin oldi.
Tashrif doirasida Tomsk viloyati delegatsiyasi hududdagi Erkin iqtisodiy zonaga tashrif buyurdi. Kulolchilik va charm buyumlaridan tortib, jyelatin, oqsil va hatto atirgullargacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Peng Sheng klasterining ishlab chiqarish maydonlari ko‘zdan kechirildi. Delegatsiya a’zolari "Sulton" fermer xo‘jaligida ham bo‘ldi.
Tomsk viloyati oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun xomashyo, xususan, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekani ta’kidlandi. Sibir qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti keng xalqaro aloqalarga va qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish sohasidagi yutuqlarga ega. Tomsk viloyati O‘zbekistonga Sibirdagi eng yirik meva va rezavor mevali pitomnik "Bakcharskoye" OAJdan rezavor ekinlar ko‘chatlarini ham yetkazib berishi mumkin.
Shuningdek, chorvachilik sohasida hamkorlik yo‘nalishlari va o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikning boshqa imkoniyatlari, xususan, elektronika va uchuvchisiz texnologiyalarning mintaqaviy sanoat klasterini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
09:36
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev bioaksal polipropilen plyonka ishlab chiqaradigan yagona korxona faoliyati bilan tanishdi
12:16 / 04.12.2025