Jahon | 07:37 / 20.03.2020
4895
1 daqiqa o‘qiladi

“Katta yettilik” yetakchilarining iyunga belgilangan sammiti videoaloqa orqali o‘tkaziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” (G7) davlatlari yetakchilarining iyunda Kemp-Davidda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvini koronavirus epidemiyasi sababli bekor qildi.

Foto: REUTERS

Biroq Tramp uchrashuvni videoaloqa orqali o‘tkazmoqchi, deb xabar berdi Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Jadd Dir.   
 
“G7 yetakchilarining iyunda Kemp-Davidda o‘tishi kerak bo‘lgan sammiti endi videoanjuman rejimida o‘tkaziladi”, deb aytgan Dir.

Uning ta'kidlashicha, Oq uy “Katta yettilik”ning boshqa a'zolarini “yaqindan hamkorlikni davom ettirish maqsadida prezident “yettilik” yig‘ilishini joriy haftada amalga oshirgandek, aprel va may oyida videoaloqa orqali o‘tkazishidan” xabardor qilgan.

G7’ga AQSh, Germaniya, Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya kiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid