Naşr ma’lumotiga köra, Mark Ryutte NATOga a’zo davlatlar har yili yalpi içki mahsulotining 0,25 foizini Ukrainaga harbiy yordam sifatida ajratişini taklif qilgan.

U mazkur taşabbus 7–8 iyul kunlari Anqarada ötadigan NATO sammitida ma’qullanişiga umid qilgan. Biroq alyans içida yetarli qöllab-quvvatlov bölmagani sababli reja amalga oşmasligi aytilmoqda.

Manbalarga köra, kamida yetti davlat bu taşabbusni qöllab-quvvatlagan. Ular orasida Ukrainaga yordam uçun allaqaçon YaIMning 0,25 foizidan ortiq mablağ ajratayotgan davlatlar ham bor.

Biroq NATO qarorlarini qabul qiliş uçun barça a’zo davlatlarning yakdil roziligi talab etiladi.

The Telegraph bu holatni Buyuk Britaniyaning Ukrainaga eng yaqin ittifoqçilardan biri sifatidagi nufuziga navbatdagi zarba deb baholagan.

Avvalroq London hukumati Rossiya neftidan qayta işlangan aviatsiya va dizel yonilğisini uçinçi davlatlar orqali xarid qilişga vaqtinçalik ruxsat bergani uçun tanqidlarga uçragan edi.

Ma’lumotlarga köra, Niderlandiya, Polşa hamda Şimoliy Yevropa va Boltiqböyi davlatlari Ukrainaga YaIMning 0,25 foizi yoki undan köproğini ajratmoqda.

Şu bilan birga, 22 may kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uruşni töxtatiş böyiça diplomatik sa’y-harakatlarni muhokama qilgan.