Xalqaro press klubning “Qadamma-qadam” loyihasida Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov inson salomatligini saqlaşda töğri ovqatlaniş va harakatning ahamiyati, semizlik muammosi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Alişer Şodmonov oşqozonda iste'mol qilinayotgan ovqatning taqsimoti haqida tuşuntirdi.

“Oşqozonning uçdan biri ovqat, uçdan biri suyuqlik bilan tölişi kerak. Qolgan uçdan bir qismi esa böş qolişi kerak.

Bir kunda neça marta ovqatlaniş kerak?

Tibbiyotda 5 mahal ovqatlaniş kerakligi aytiladi. Oz-ozdan yeb turilsa, töyiş hissi paydo böladi”, - dedi Şodmonov.

Uning fikriga köra, töyiş hissi inson miyasida 20 daqiqada şakllanadi. 

“Demak, şoşilmasdan ovqat yeyişimiz kerak. Köpinça uyga kelib, şoşilib, 3-5 daqiqada ovqatlanamiz. Qornimiz töyib ketgan, lekin közimiz töymagan. Yana nima yesam ekan deymiz. Ana şu 20 daqiqani kutişimiz kerak”, - deya qöşimça qildi Şodmonov.

Körsatuv davomida Soğliqni saqlaş vaziri töylarda köp miqdorda ovqat iste'mol qilinişi masalasiga ham töxtaldi.

“Biz keçki ovqatni 18.00dan keç yemaslikni tavsiya etamiz. Ovqatni keç yeyiş nimaga olib keladi? Oşqozonni töydirib oldingiz va uyquga yotdingiz. Birinçidan, uyquga ketiş qiyin, uyqungiz notinç böladi. Ertalab juda oğir uyğonasiz. Agar uyquga yotişdan oldin ovqat örniga salat, sabzavot yesangiz, qatiq içib yoki sut mahsulotini iste'mol qilib, undan keyin 1 soat piyoda yurgaç, uxlasangiz, uyqungiz ham soğlom böladi”, - dedi Şodmonov.