O‘zbekiston | 18:37 / 22.03.2020
17271
2 daqiqa o‘qiladi

Yuz niqoblari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi

Moliya vazirligi tibbiy niqoblar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi haqida ma'lum qildi.

«Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi «Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi 114-sonli buyrug‘iga bilan yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi munosabati bilan, yuz niqoblarni olib kirish, ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilishda soliqqa tortish bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi soliqqa tortish masalasi bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, ularni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish ko‘zlangani uchun mazkur buyumlar Tibbiy buyumlar sifatida ta'riflanib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.   

Yuz niqoblarni bepul berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan holat hisoblanib, ushbu aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi», deyiladi Moliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.

  • Eslatib o‘tamiz, 25 mart kunidan O‘zbekistonda jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish majburiy bo‘lmoqda.
  • Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kuniga 2 mln dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid