Ozarboyjonda 1 maydan boşlab koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan majburiy niqob taqiş rejimi bekor qilinadi.
"2022 yil 1 maydan boşlab 2022 yil 1 iyulgaça uzaytirilgan maxsus karantin rejimi şaroitlarida şaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqoblar) foydalaniş talabi bekor qilinadi", — deyiladi mamlakat vazirlar mahkamasi xabarida.
Qayd etilişiça, xalqaro aeroport va ta’lim muassasalarida tibbiy niqob taqiş majburiy bölmaydi, ammo tavsiya qilinadi.
Hozirda Ozarboyjonga kiriş uçun emlanganlik töğrisidagi sertifikat talab qilinadi. Bu qoida 18 yoşgaça bölganlarga taalluqli emas. Mamlakatda 15 apreldan çegaradan ötişda PZR-test topşiriş talabi bekor qilingan.












