Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 60 mln so‘mni o‘g‘irlab ketgan o‘smir ushlandi
Andijonda do‘kondan o‘g‘irlik sodir etgan o‘smir ushlandi
2020 yilning 14 martdan 15 martga o‘tar kechasi, 20 yoshli L.O‘. Andijon tumani Orol mahallasida joylashgan, fuqaro S.U.ga tegishli savdo do‘koniga eshik qismini qirqish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u do‘kon ichidan 60.100.000 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
L.O‘. ashyoviy dalillar bilan protsessual tartibda ushlangan va ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026