O‘zbekiston | 07:45 / 23.03.2020
45017
2 daqiqa o‘qiladi

Karantinga olingan hududlar nazorati kuchaytirildi - Mudofaa vazirligi

Fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida karantinga olingan obektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘z xizmat faoliyatini olib bormoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda karantinga olingan hududlar nazorati kuchaytirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda chet mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolar maxsus charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda. Karantinga olingan obektlarda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, tibbiy nazoratdagi yurtdoshlarimizning o‘zboshimchalik bilan belgilangan hududni tark etishlarining oldini olish maqsadida nazorat choralari kuchaytirilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Fuqarolarimiz xavfsizligini ta'minlash maqsadida bugun karantinga olingan obektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kun-u tun o‘z xizmat faoliyatini olib bormoqda. Xavfsizlikning bu tarzda kuchaytirilishi, shubhasiz, hamyurtlarimiz salomatligi va mamlakatimizning ushbu kasallikdan talafotsiz va tezroq xalos bo‘lishiga zamin yaratadi”, - deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, karantin chora-tadbirlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiylar xizmatchilarning huquqiy himoyasini mustahkamlash, aholiga tegishli tushuntirish ishlari olib borish maqsadida respublika Harbiy prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari mazkur obektlarda bo‘lishdi. 

Mavzuga oid