Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Olimpiya mash'alasi estafetasi mash'alasiz o‘tkaziladi
Tokiodagi yozgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi Olimpiya mash'alasi estafetasi formatini o‘zgartirib, uni mash'alasiz o‘tkazishga qaror qildi.
Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Estafeta ishtirokchilari mash'ala o‘rniga maxsus fonarlar bilan harakatlanishadi. Ta'kidlanishicha, bu qaror O‘yinlarning koronavirus sababli kechroq muddatga ko‘chirilishi ehtimoli bilan bog‘langan. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokioda Olimpiada o‘tkazilishi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaguncha mash'alalar qo‘llanmaydi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar fikricha, estafetaning bunday varianti tomoshaboplik nuqtai nazaridan kamroq jalb qilib, tomoshabinlarning estafeta yo‘nalishi bo‘ylab ommaviy ravishda to‘planishlariga olib kelmaydi.
Mash'ala 20 mart kuni Gretsiyadan Yaponiyaga keltirilgandi. Kunchiqar davlat bo‘ylab mash'ala estafetasi 26 mart kuni Fukusima prefekturasidagi mashg‘ulot markazidan boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq hukumat koronavirus xavfi saqlanib qolinayotgani sababli odamlarni estafeta yo‘nalishi bo‘ylab to‘planmaslikka chaqirgan.
Rejaga ko‘ra, Olimpiada 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak. Biroq ko‘plab davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi murakkab sharoitda uning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga qarshi chiqishmoqda. Shu sababli XOQ ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorni bir oy ichida chiqarishga va'da bergan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026