14:19 / 24.03.2020
5758

Onlayn auksionda 4,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali 851 ta avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

2020 yilning 16-22 martlarida “O‘zRTXB” AJda 1,1 trln so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 438,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 1 trln so‘mdan 928,9 mlrd so‘mgacha kamaydi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 0,5 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida o‘simlik yog‘ining ulushi 58 foiz, polimer mahsulotlarning ulushi 29 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 13 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 117,0 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan ikki marotaba ko‘p.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 78,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2 foizga o‘sdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 17,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 851 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 18,3 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47,6 foiz ikkinchi va 34,1 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid
Top