Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tashkilotlar xodimlarini tashish bilan shug‘ullanadigan avtobuslar uchun maxsus belgi tayyorlandi
Ushbu belgida transport vositasining turi hamda davlat belgisi ko‘rsatiladi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona muhri bilan tasdiqlanadi
Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovi to‘xtatilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlovchi fuqarolarga hamda ular ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasalarga transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat” shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi mumkinligi haqida avval xabar berilgan edi.
Yo‘lovchilar xavfsizligi hamda transport vositasining texnik va sanitariya talablari asosida xizmat ko‘rsatishini bildirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat”, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida maxsus belgi tayyorlandi.
Ushbu belgida transport vositasining turi hamda davlat belgisi ko‘rsatiladi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Bu transport vositalarining texnik va sanitar holati talab darajasida ekanligi bildiradi.
“Aziz yo‘lovchilar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi faqat ana shunday belgili avtobuslardan foydalaning”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026