Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirus bor-yo‘qligini uy sharoitida tekshirishga imkon beruvchi test ishlab chiqildi
Koronavirusga yangi test virusning bor-yo‘qligini 30 daqiqada aniqlashga yordam beradi. Uni o‘tkazish uchun 120 dollarlik portativ qurilma hamda burun va tomoqdan mazok olish uchun har biri 5 dollar turuvchi tasmalar to‘plami kerak bo‘ladi.
Test Londondagi Bryunel universiteti, Lankaster universiteti va Surrey universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu testning afzalligi shundaki, uni uy sharoitida o‘tkazish hamda kasallikni uning ilk alomatlari paydo bo‘lishidan avvalroq aniqlash mumkin. Bu haqda Tech Crunch nashri xabar berdi.
Test mualliflarining ta'kidlashicha, u organizmda virusga antitanalarni emas, balki virus RNK borligini tahlil qiladi. Bu esa infeksiyani uning birinchi alomatlari paydo bo‘lishidan ancha oldin aniqlash imkonini beradi.
“Bu sizda koronavirus bor-yo‘g‘ligini uy sharoitida tekshirish mumkinligini anglatadi. Diagnostik qurilmani smartfonga ulab, foydalanuvchi o‘zida infeksiya bor-yo‘qligini bila oladi”, deb aytishgan olimlar.
Test negizida Filippinda tovuqlarda virus bor-yo‘qligini tekshirishda qo‘llangan texnologiya yotadi. Britaniyalik mutaxassislar bu texnologiyani odamlar uchun moslashtirishgan.
Ayni vaqtda ushbu testni ommaviy ravishda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. U bir necha hafta ichida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu testning qo‘llanishi hozirda tekshirilmayotgan odamlarni qamrab olishga va pandemiyaning haqiqiy ko‘lamini baholashga imkon beradi.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
15:47 / 06.08.2025