Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida yana 4 ta tumanga kirish va chiqish rasman tӯxtatildi
27 mart kuni soat 12:00dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida to‘xtatilgandi.
Soat 20.00 dan boshlab Navbahor, Nurota, Karmana va Qiziltepa tumanlariga ham kirish va chiqish to‘xtatildi. Bu haqda Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, ushbu tumanlarda doimiy yashovchi shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot, nodavlat tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Xabarda viloyatning shahar va tumanlari hududlariga kirishga qo‘yilgan cheklovlar va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
14:26 / 18.03.2026