Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 87 mingta chiptaning puli qaytarildi - «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»
Bugungi kungacha jami 15 milliard so‘mdan ortiq chipta pullari o‘z egalariga qaytarildi. Bu jarayon ayni kunda ham o‘rnatilgan tartibda davom etmoqda
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
Mamlakatga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida 2020 yil 16 martdan xalqaro yo‘nalishlarga hamda 24 martdan boshlab esa mahalliy yo‘nalishlarga harakatlanadigan barcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilingan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berishicha, xarid qilingan lekin amalda foydalanilmay qolgan temir yo‘l chiptalari uchun yo‘lovchilarga belgilangan tartibda va to‘liq hajmda chipta pullari foizlari ushlanmagan holda qaytarilmoqda.
“60 kun oldindan xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarga chipta xarid qilgan yo‘lovchilar dastlab biroz xavotirlanib, turli xil savollar bilan murojaat qilishgan edi. Soha mutasaddilari tomonidan amalga oshirilgan sa'y-harakatlar tufayli yo‘lovchilarning chiptalarini topshirish bilan bog‘liq masalalari joyida, hech qanday muammosiz hal qilib berilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, 2020 yil 14 martidan 27 mart sanasigacha yo‘lovchilardan 13 114 ta xalqaro yo‘nalishlarga va 73 807 ta mahalliy yo‘nalishlarga harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlarga olingan chiptalar barcha temir yo‘l kassalarida hamda elektron tarzda qaytarib olindi. Bugungi kungacha jami 15 milliard so‘mdan ortiq chipta pullari o‘z egalariga qaytarildi. Bu jarayon ayni kunda ham o‘rnatilgan tartibda davom etayotgani aytiladi.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarga yo‘lovchi poyezdlar harakati to‘xtatilgan kundan boshlab, temir yo‘l vokzallari binolari, temir yo‘l kassalari, yo‘lovchi poyezdlarini texnik va texnologik tayyorlash filiali hududida barcha yo‘lovchi vagonlari dezinfeksiya qilingan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.01.2026
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
15:21 / 26.01.2026
Ayrim shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
12:34 / 23.01.2026