Mahalliy reyslardagi çipta yetişmovçiligi – uzoq yillik va yeçilmayotgan muammo. Yangi qöyilayotgan poyezdlar çipta narxlari esa juda qimmat va doimiy tanqis. Kun.uz Turizm qömitasidan aynan çipta yetişmovçiligi böyiça yeçimlarni sörarkan, raisga köra, bugun sayohatçilar köp – temiryöl esa bitta.

Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning mediaga ma’lum qilişiça, 2030 yilga borib, Özbekistonga keluvçi xorijiy sayyohlar soni 20 millionga yetkaziladi. Turizm xizmatlari eksporti hajmi esa 6 mlrd dollarlik poğonadan ötişi kerak. Biroq bu yönalişda hali hal etilmagan fundamental muammolar ançagina.

Masalan, oddiygina mahalliy reyslardagi çiptalarning yetişmasligi va yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlarning çiptalari narxlari juda qimmatligi – yurtdoşlarimiz hamda xorijlik sayyohlarda savollarni köpaytiradi, noqulaylik tuğdiradi.

Biroq şunga ham qaramasdan, avvalo, bu çiptalarni topişning özi jiddiy muammo. Amaliyotda köriş mumkinki, ham poyezd, ham samolyotga aytilgan sanada çipta oliş imkonsiz, aksariyat hollarda ular bölmaydi. Biroq paradoks şuki – çiptasi yöq poyezdlar köpinça böş holatda jönaydi. Yoki bölmasa, poyezd jönaşidan bir neça soat avval yöq bölgan çiptalar paydo böladi. Buni oldindan band qilingan joylarning sotilmay qolganlari qayta tizimga joylanişi deb tuşunsak, natijada baribir Temiryöllar jamiyati zarar körgan böladi. Xöş, masalaga yeçim qanday?

Kun.uzʼning şu ma’nodagi savoliga javob bergan qömita boşqarmasi boşliği Jamşid Ğoziyevga köra, yaqinda “Sarbon” ilovasi işga tuşiriladi va bu yeçim bölişi mumkin.

Biroq Kun.uz suhbatlarida qatnaşgan temiryölçilar ham “Sarbon” ilovasi haqida gapirgan va oradan şunça vaqt ötganiga qaramay muammo hal etilgani yöq.

Masala yuzasidan fikrini bildirgan qömita raisi Abdulaziz Aqqulovga köra, temiryöl bitta, sayohatçilar esa köp.

“Bilasizmi, bugun odamlarning sayohatga taşnaligi ön yil oldingidan farq qiladi. Bugun sayohatçi köp, temiryöl esa bitta. Mana, “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi qöyildi Xivagaça, sentabrgaça yana köpayib, jami 4 ta böladi. Mavjud siğimdan kelib çiqib işlanadi”, - deydi u.

Matbuot anjumanida qatnaşgan boşqa media vakillari ham çiptalarning asossiz qimmatligidan nolidi, bu böyiça murojaatlar köpligini ma’lum qildi.