Jahon | 21:19 / 29.03.2020
9514
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda Lion Air aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchradi 

Filippinda Lion Air aviakompaniyasining Tokioga parvoz qilayotgan samolyoti halokatga uchradi. Aviahalokat 8 kishining umriga zomin bo‘lgan.

Bu haqda Philippine Daily Inquirer nashri xabar berdi.

Samolyot Manila aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida yonib ketgan. Shundan keyin u portlagan.

Ma'lum qilinishicha, samolyotda 6 yo‘lovchi, jumladan Kanadaning bir fuqarosi va ekipajning 2 a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid