22:46 / 31.03.2020
5603

«Formula-1» jamoasi koronavirusga chalinganlarga yordam beruvchi qurilma ishlab chiqdi

Koronavirusga chalinganlar uchun ishlab chiqilgan yangi qurilma ba'zi bemorlarga hozirda eng taqchil tibbiy qurilmalardan biriga aylangan o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasidan voz kechishga imkon beradi. 

«Formula-1» avtopoygasining Mercedes-AMG Petronas jamoasi muhandislari koronavirusga chalinganlarga normal nafas olishda yordam beruvchi qurilma prototipini bor-yo‘g‘i 100 soat ichida ishlab chiqishdi.

Qurilma tibbiy buyumlar va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasida tekshirilib, Italiya va Xitoydagi shifoxonalarga berilgan.

Qurilmaning mualliflari avvalgilaridan tubdan farq qiluvchi yangi qurilma yaratishlari kerak edi.

Natijada Mercedes-AMG Petronas jamoasi va London universitet kolleji vakillari o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasi o‘rnini bosuvchi CPAP-niqob ishlab chiqishdi.

Bu qurilmada havo-kislorod aralashmasi bemorning og‘zi va burniga doimiy tezlik bilan beriladi. Ushbu niqobning qo‘llanishi bemorni medikamentoz uyquga tushiradi hamda nafas olish trubkasini traxeyaga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lmaydi.     

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top