Jahon | 20:09 / 31.03.2020
33111
1 daqiqa o‘qiladi

Milliarder karantinni dunyodagi eng katta yaxtada o‘tkazishga qaror qildi

Amerikalik prodyuser va milliarder Devid Geffen koronavirus pandemiyasi sababli e'lon qilingan karantinni hashamatli yaxtada o‘tkazayotganini ma'lum qildi. 

Foto: Getty Images

Milliarder Rising Sun deb nomlangan yaxtaning suratlarini Instagram’da e'lon qilgan. 

“Grenadinada izolyatsiyadaman. Umid qilamanki, barchasi xavfsizlikda”, deb yozgan 77 yoshli milliarder.

Geffen karantinni o‘tkazayotgan yaxta dunyodagi eng katta xususiy yaxta hisoblanadi. Uning uzunligi 138 metrni tashkil qiladi. 

5 qavatli yaxtaning narxi 200 mln dollarni tashkil qilib, u 2004 yilda Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellison buyurtmasi bilan qurilgan.

Yaxtada vertolyot qo‘nishi uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan basketbol maydonchasi, kinoteatr, suv havzasi, trenajyor zali, spa va lift bor. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid